Ushbu monografiyada O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning badiiy merosi, ijodiy qarashlari va she'riyatidagi estetik tamoyillar tahlil etilgan. Shoir ijodining asosiy mavzularidan biri - inson va Vatan taqdiri, ma'naviy poklik, hayotning mazmun-mohiyati, umumbashariy qadriyatlar masalalaridir. Ayniqsa, u o'zining falsafiy mazmunga boy, ruhiy tafakkur bilan sug'orilgan she'rlari orqali o'zbek she'riyatini yangi bosqichga olib chiqqan.Monografiyada shoirning turli davrlardagi ijodiy izlanishlari, obrazlar tizimi, til va uslub xususiyatlari hamda asarlarida aks etgan ruhiy-falsafiy g'oyalar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, Abdulla Oripovning o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, uning milliy ong va istiqlol g'oyalarini targ'ib etishdagi xizmatlari keng yoritilgan. Mazkur tadqiqot, bir tomondan, shoirning badiiy dunyoqarashini chuqur anglashga, ikkinchi tomondan, bugungi yosh avlodni yuksak ma'naviyat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.Mazkur monografiya adabiyotshunoslar, tadqiqotchilar, talabalar, shuningdek, she'riyat va adabiyotshunoslik ilmiga qiziqish va ehtirom bilan qaraydigan keng kitobxonlar ommasiga möljallangan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







