Yer yuzida inson qo'li bilan yaratilgan inshoot va buyumlarga termitlar singari qat'iy va doimiy zarar yetkazuvchi biror bir hasharot yo'q. Dunyoda termitlarning 2800 ga yaqin turi aniqlangan bo'lsada, turli inshoot va boshqa qurilish binolariga ularning taxminan 10 foizigina, ya'ni 20 turi jiddiy zarar yetkazadi. O'rta Osiyoda termitlarning 4 ta turi qayd qilingan bo'lib, ulardan, ayniqsa, Turkiston va katta kaspiy orti termitlari halq xo'jaligiga jiddiy talofat yetkazadi. 1948 yili zilzila tufayli Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrining vayronaga aylanishiga ham ushbu termitlar yetkazgan zarar asosiy sabab bo'lgan. Termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik muammolardan hisoblanadi. Chunki ular tufayli bino va inshootlarga juda katta miqdorda zarar yetmoqda. Masalan, birgina Amerikaning 1982 yili termitlardan ko'rgan zarari 1 millard 170 mln. dollarga yetgan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







