Yosh avlodni tarixiy ong va milliy g'urur bilan tarbiyalashda jadidchilik harakati o'ziga xos o'ringa ega."Jadidlar izidan" nomli mazkur antologiya universitet talabalari tomonidan yozilgan maqolalar asosida tuzilgan bo'lib, bugungi yoshlarning tarixga, ayniqsa, jadidlar merosiga bo'lgan qiziqishi va chuqur mulohazalarini aks ettiradi. Antologiyada talabalarning jadid adabiyoti, jadid pedagogikasi, siyosiy faolligi, milliy uyg'onish g'oyalari va ularning bugungi kun bilan bog'liqligi haqidagi fikr-mulohazalari jamlangan. Har bir maqola o'ziga xos ilmiy yondashuv, tarixiy faktlarga tayanish va hozirgi davr bilan bog'lanish jihatidan ahamiyatlidir. Mazkur to'plamning o'ziga xos jihati shundaki, unda faqat akademik yondashuv emas, balki talabalarning shaxsiy kuzatuvlari, fikriy izlanishlari va yangi g'oyalarni ilgari surish intilishlari yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu holat yosh tadqiqotchilarning jadidlar merosini zamonaviy nuqtai nazardan qayta tahlil qilishga urinayotganidan dalolat beradi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







