29,99 €
inkl. MwSt.
Versandkostenfrei*
Versandfertig in 6-10 Tagen
payback
15 °P sammeln
  • Broschiertes Buch

Badiiy adabiyotning bosh vazifasi - insonshunoslik, insonning mo'jizaviy qudratini ochib berishdir. Bu borada tasavvuf ilmining imkoniyati benihoya cheksiz. Sharq xalqlari ma'naviyati tarixida chuqur iz qoldirgan diniy-falsafiy ta'limot - tasavvufning paydo bo'lishi, tadrijiy rivoji, asosiy jihatlarini bilmay turib, hazrat Alisher Navoiy (1441-1501)ning ijodiga baho berib bo'lmaydi. tushuncha komil inson konsepsiyasida muhim nuqta sanalgan. Insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash so'fiylarni ko'p qiziqtirgan. Komil inson - bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy…mehr

Produktbeschreibung
Badiiy adabiyotning bosh vazifasi - insonshunoslik, insonning mo'jizaviy qudratini ochib berishdir. Bu borada tasavvuf ilmining imkoniyati benihoya cheksiz. Sharq xalqlari ma'naviyati tarixida chuqur iz qoldirgan diniy-falsafiy ta'limot - tasavvufning paydo bo'lishi, tadrijiy rivoji, asosiy jihatlarini bilmay turib, hazrat Alisher Navoiy (1441-1501)ning ijodiga baho berib bo'lmaydi. tushuncha komil inson konsepsiyasida muhim nuqta sanalgan. Insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash so'fiylarni ko'p qiziqtirgan. Komil inson - bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, qalbi ezgu tuyg'ularga limmo-lim pokiza zot, Navoiy tili bilan aytganda: Foniyvasheki, ham so'zidur pok, ham o'zi. Xush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko'zi. Taniqli olim Najmiddin Komilovning fikricha, tasavvuf ahli sig'ingan ideal - Komil Inson aslida xalq ideali, adabiyot ideali edi. Bu hayotbaxsh ta'limotning peshvolari yozib qoldirgan asarlar, so'fiyona ruhdagi she'ru dostonlarni mutolaa qilar ekanmiz, yorug'likning zulmga, fayzu kamolning noqislik, kaltafahmlik va nodonlikka qarshi omonsiz jangiga guvoh bo'lamiz.
Autorenporträt
N¿biyev¿ Nodira Saidovnaga - Denov t¿dbirkorlik v¿ ped¿gogik¿ instituti O'zbek tili v¿ ¿d¿biyoti k¿fedr¿si o'qituvchisi, bir necha ilmiy va ijodiy kitoblar muallifi. Til va adabiyot yo'nalishida Navoiy va o'sha davr adabiyotini chuqur o'rgangan olima sifatida faoliyat olib boradi.