Bugungi kunda binolarning xizmat muddatini qisqartiradigan asosiy omillardan biri bu - yer osti suvlarining, ayniqsa, agressiv suvlarning ta'siri ekanligi keltirilgan. Namlik nafaqat binolarning mustahkamligiga balki ularning energiya samaradorligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Binolar tashqi to'siq konstruksiyalarining issiqlik-fizik xususiyatlari ularning namlik holatiga bevosita bog'liq hisoblanadi. Namlikning me'yordan ortiq bo'lishi esa konstruksiyaning ekspluatatsiyaga yaroqliligini ham pasaytiradi. Bino poydevorlari va devorlarini namlikdan samarali himoya qilish hisobiga, binolarning umrboqiyligini ta'minlash hamda energiya samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuningdek, monografiyada binolarni yer osti namligidan saqlashning ilmiy asoslangan yechimlari ham taklif etilgan. Mazkur monografiya loyihachilar, ilmiy izlanuvchilar, quruvchi-muhandislarga hamda qurilish mutaxassisligi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno