Mazkur monografiyada sanogen (sog'lom) tafakkurni rivojlantirish muammosining nazariy-metodologik asoslari, bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish zaruriyati, uning tarkibiy komponentlari, tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari to'g'risidagi ilmiy-nazariy yondashuvlar o'z aksini topgan. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va pedagogik shart-sharoitlari hamda olib borilgan tadqiqot ishi natijalarining mazmuni yoritilgan. Ushbu monografiyadan umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari, talabalar, professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda keng jamoatchilik ham foydalanishlari mumkin.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







