Hozirgi kunda axborot texnologiyalari (AT) ta'lim tizimida tub o'zgarishlarga sabab bo'lib, ularning ta'lim jarayoniga integratsiyasi bosqichma-bosqich kengayib bormoqda. Jahon miqyosida boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda AT imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog'liq tadqiqotlar ko'rsatadiki, interaktiv o'quv materiallari va raqamli vositalar o'quvchilarning darslarga bo'lgan qiziqishini 40-60% gacha oshiradi hamda o'rganilgan ma'lumotning mustahkamligini 30% dan ko'proq yaxshilaydi. Masalan, UNESCO ning 2022 yilgi hisobotiga ko'ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilgan maktablarda o'quvchilar orasida o'qish savodxonligi darajasi 20% ga yuqoriroq bo'lmoqda. Shuningdek, elektron dasturlar va interaktiv o'yinlar yordamida o'qitish boshlang'ich sinf o'quvchilarining diqqat-e'tiborini saqlash va o'quv faolligini oshirishga katta ta'sir ko'rsatmoqda.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







