Elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sababi - havo haroratining sovib ketishi natijasida elektr energiyasi iste'molining keskin ortib ketishi tufayli yuzaga keladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon beradi. Buning sababi shundaki, har qanday energiya tizimida uning barqaror ishlashi uchun har qanday vaqtda (millionsekund) iste'mol va ishlab chiqarish o'rtasidagi energiya muvozanati (balansi) ta'minlanishi muhim. Ushbu jarayon iste'molchilarga elektr energiyasini ishonchli va uzluksiz yetkazib berish va energiya tizimining muammosiz ishlashini ta'minlash nuqtai nazaridan juda muhimdir. Elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojning keskin ortishi (yozda jazirama issiq mavsumidagi yoki qahraton qish mavsumidagi sovuq ob-havoda) kuzatilgan paytda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iste'mol va ishlab chiqarish o'rtasidagi energiya balansini ta'minlash juda qiyin vazifa bo'lib qolmoqda. Bunda katta avariyalarni va butun mamlakatda iste'molchilar elektr energiyasi ta'minotidan uzilishini oldini olish uchun elektr energiyasi ta'minotida cheklovlar joriy etilishiga majburan olib keladi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno