Ushbu monografiyada globallashuv sharoitida fuqarolik jamiyati institutlarining mazmuni, funksiyalari va rivojlanish qonuniyatlarining o'zgarishi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Monografiyada avvalo fuqarolik jamiyati konsepsiyasining tarixiy shakllanish bosqichlari, G'arb va Sharq falsafiy maktablaridagi yondashuvlar, shuningdek, zamonaviy ilmiy paradigmalardagi talqinlar yoritiladi. Monografiyada shuningdek, milliy o'zligimiz, an¿anaviy qadriyatlar va mahalliy hamjamiyatlarning globallashuv bosimi ostida qanday transformatsiyaga uchrashi masalasi falsafiy tahlil qilinadi. Turli mamlakatlar tajribasi asosida fuqarolik jamiyatining global tendensiyalari, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar modelidagi farqlar hamda ularning O'zbekiston uchun mos jihatlari yoritilgan.Monografiya yakunida globallashuv sharoitida O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning konseptual yo'nalishlari, normativ-huquqiy islohotlar, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berildi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







