29,99 €
inkl. MwSt.
Versandkostenfrei*
Versandfertig in 6-10 Tagen
payback
15 °P sammeln
  • Broschiertes Buch

Mazkur monografiyada Mavlono Gadoiyning lirik merosi va poetikasi hamda mahoratiga bag'ishlangan. Ishning birinchi bobida XV asr birinchi yarmidagi o'zbek she'riyatining poetik xususiyatlari haqida qisqacha to'xtalinib, Gadoiy ijodining manbalari va o'rganilishi va Gadoiy devonining janr poetikasiga oid ilmiy-nazariy ma'lumotlar ifodalangan. Gadoiy taxminan XV asrning boshidan oxiriga qadar bo'lgan bir asrga yaqin davrda Xirotda yashab ijod etgan bo'lib, Alisher Navoiy o'zidan avval yashab o'tgan ustozlari orasida Gadoiy nomini faxr bilan tilga oladi. U o'zbek va fors tillarida mahorat bilan…mehr

Produktbeschreibung
Mazkur monografiyada Mavlono Gadoiyning lirik merosi va poetikasi hamda mahoratiga bag'ishlangan. Ishning birinchi bobida XV asr birinchi yarmidagi o'zbek she'riyatining poetik xususiyatlari haqida qisqacha to'xtalinib, Gadoiy ijodining manbalari va o'rganilishi va Gadoiy devonining janr poetikasiga oid ilmiy-nazariy ma'lumotlar ifodalangan. Gadoiy taxminan XV asrning boshidan oxiriga qadar bo'lgan bir asrga yaqin davrda Xirotda yashab ijod etgan bo'lib, Alisher Navoiy o'zidan avval yashab o'tgan ustozlari orasida Gadoiy nomini faxr bilan tilga oladi. U o'zbek va fors tillarida mahorat bilan g'azallar bitgan. Ishning ikkinchi bobida esa, shoirning ijodiy mahsullari ma'naviy va lafziy san'atlarda aks etishi yuzasidan o'qitilishi haqida so'z yuriladi. Gadoiy g'azallarida Sharq poetikasining fikrni ravon va nafis ifodalash yo'llari va vositalari, badiiy san'atlarning turlari hamda xususiyatlari kabi muhim masalalarni o'z ichiga oluvchi sohasi bo'lmish ilmi bade'ning mazmunning ta'siri va hayajonliligini oshiradigan, fikrni bo'rttirib, ohangdorlikni kuchaytiradigan bir qator san'atlar misollar asosida yoritilib beririladi.
Autorenporträt
Xalikova Gulchexra Aliyevana - Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti ''O'zbek tili va adabiyoti'' kafedrasi katta o'qituvchisi. 30 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida adabiyotshunoslik va uning metodik tahlili yuzasidan ilmiy va nazariy ishlar olib borgan. Alisher Navoiy davri adabiyoti chuqur o'rgangan.