Alisher Navoiyning hamd va na't g'azallari ham xuddi ana shu yuksak g'oyalar badiiy ifodasini topadi. Allohga hamd vositasida insoniy poklik ulug'lanadi. Yaratganning ongli xalifasi (inson) o'z ma'naviy-ruhiy qiyofasini takomillashtirib, boyitib yashamog'i, solih amallar sohibi bo'lmog'i zarur. Shunday bo'lmas ekan, uning boshqa maxluqotlardan farqi qolmaydi. Navoiy hazratlari hamd va na't yo'nalishidagi asarlarining mag'z-mag'ziga ana shu ulug' g'oya singdirilgandir. Mazkur risolada Alisher Navoiyning " G'aroyib us-sig'ar" devonidagi dastlabki 5 g'azalning matniy tahlili amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqot adabiyotshunoslar, filolog talabalar, magistrantlar hamda badiiy adabiyotga qiziquvchi barcha muxlislarga mo'ljallangan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







