"Mashinalarni ishlab chiqarish asoslari" fani mashinasozlik jarayonlarini tashkil etish, detallarni konstruksiyalash, ularni tayyorlash, qayta ishlash, yig'ish va sifat nazoratini amalga oshirishning nazariy va amaliy tamoyillarini o'rgatadi. Fan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari - raqamli modellashtirish (CAD/CAM/CAE), avtomatlashtirish, robotlashtirilgan tizimlar, moslashuvchan ishlab chiqarish modullari, qo'shimcha ishlab chiqarish (3D-printerlar), kesish va shakllantirish jarayonlari, termik va kimyoviy-issiklik ishlov berish, shuningdek, materialshunoslik asoslari bilan chambarchas bog'liqdir.Ushbu kursda mashinalar detallarining konstruktiv xususiyatlarini aniqlash, ularni optimal shaklda loyihalash, texnologik jarayonlarni tanlash va ishlab chiqarishni resurs tejamkor, energiya samarali, ekologik xavfsiz tarzda tashkil etish ko'nikmalari shakllantiriladi. Fan muhandislik fikrlashini rivojlantirib, talabalarga ishlab chiqarish jarayonlarining diagnostikasi, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga qaratilgan innovatsion texnologik yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







