Zamonaviy fan taraqqiyoti shuni ko'rsatmoqdaki, inson organizmidagi oliy asab faoliyatini chuqur o'rganish nafaqat nevrologiya va fiziologiyaning, balki psixologiya, biokimyo, tibbiyot va ta'lim sohalarining ham ustuvor yo'nalishiga aylanmoqda. Bu yo'nalishdagi tadqiqotlar asosida organizmning tashqi va ichki muhitga moslasha olish imkoniyatlari, xulq-atvorning shakllanishi, aqliy faoliyat va shaxs taraqqiyotining fiziologik mexanizmlari aniqlanadi. Mazkur monografiyada oliy asab faoliyatining fiziologik asoslari, reflektor mexanizmlar, bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi va funksional xususiyatlari, shartli va shartsiz reflekslar, neyrodinamik qonuniyatlar, tormozlanish jarayonlari, shuningdek, oliy nerv tizimi faoliyatining rivojlanish mexanizmlari chuqur ilmiy asosda yoritilgan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







