29,99 €
inkl. MwSt.
Versandkostenfrei*
Versandfertig in 6-10 Tagen
payback
15 °P sammeln
  • Broschiertes Buch

Ushbu uslubiy qo'llanma o'zbek tilini o'rganish istagida bo'lgan xorijlik o'quvchilarga mo'ljallangan. Unda tinglash, grammatika, lug'at va o'qish mahoratini oshirish uchun mashqlar hamda matnlar berilgan. Ushbu kitob orqali o'zbek xalqi madaniyati, tarixiy shaharlari va urf-odatlari to'g'risidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'la olasiz. O'rganuvchi lug'atni yaxshi yodda saqlashi uchun rasmlardan foydalanildi. Bu o'quvchiga so'zni yodda saqlashga va tasavvur qila olashiga yordam beradi. O'quvchining nutq ko'nikmalari rivojlanishi uchun dialoglar, qisqa suhbatlar shakllarida berildi. Har bir…mehr

Produktbeschreibung
Ushbu uslubiy qo'llanma o'zbek tilini o'rganish istagida bo'lgan xorijlik o'quvchilarga mo'ljallangan. Unda tinglash, grammatika, lug'at va o'qish mahoratini oshirish uchun mashqlar hamda matnlar berilgan. Ushbu kitob orqali o'zbek xalqi madaniyati, tarixiy shaharlari va urf-odatlari to'g'risidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'la olasiz. O'rganuvchi lug'atni yaxshi yodda saqlashi uchun rasmlardan foydalanildi. Bu o'quvchiga so'zni yodda saqlashga va tasavvur qila olashiga yordam beradi. O'quvchining nutq ko'nikmalari rivojlanishi uchun dialoglar, qisqa suhbatlar shakllarida berildi. Har bir bo'limda berilgan til qoidalarini turli xil diagrammalardan foydalanilgan holda o'rganuvchi eslab qolishi uchun turfa ranglar orqali belgilab ko'rsatildi. Har bir bo'limning oxiri mashqlarga bag'ishlangan bo'lib, o'quvchilar o'rgangan bilimlarini mustahkamlay oladilar.
Autorenporträt
 Muallif  1996-yil O'zbekistonning Namangan viloyatida tug'ilgan.  Yosh tadqiqotchining bir necha kitoblari chop etilgan bo'lib, 2011-yilda u Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo'lgan.  2023-yilda Toshkent shahridagi Vebster universitetining magistratura bosqichini tamomlab, hozirda  tilshunoslik sohasida faoliyat olib bormoqda.