Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma qadimgi adabiyotning namunalaridan tuzilgan bo'lib, u qadimgi sharq adabiyoti, antik davr, o'rta asrlar davri adabiyoti, o'zbek mumtoz adabiyotini o'z ichiga oladi. O'quv-uslubiy qo'llanmaning maqsadi, qadimgi adabiyotning taraqqiyot bosqichlari va mashhur vakillarning hayotiy, ijodiy faoliyati hamda ularda ilgari surilgan g'oyalar haqida o'quvchilarni tanishtirishdan iborat. Qadimgi davr adabiyoti bo'yicha ma'lumotlar va manbalar hajm jihatidan juda katta bo'lganligi uchun qadimgi sharq adabiyoti, antik davr, o'rta asrlar davri adabiyoti, o'zbek mumtoz adabiyoti namoyondalarining ijodlariga ko'proq urg'u berilgan. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma professional ta'lim tizimi uchun hamda politexnikumlar, ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







