Ushbu to'plamdan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tashkil qilingan "Mushoira" klubi koordinatori va a'zolari tomonidan tashkil etilgan to'plamda Vatan madhi, tinchlik, yoshlik, go'zallik kabi bir qancha mavzularni madh etuvchi bir qator she'rlari o'rin olgan. Ijodkor yoshlar o'z badiiyat namunalarida zangor fasldagi ko'ngil kechinmalarini sohir so'zlar orqali yorqin bo'yoqlarda musavvirona aks ettirganlar. Bu ijod namunalari mushtarak dillarning umuminsoniy tilaklariga yo'g'rilgan. Mazkur to'plamdan o'rin olgan she'rlar o'z jozibasi va tarovati bilan millionlab qalblarga kirib boradi. Bir so'z bilan aytadigan bo'lsak, kitob qaynoq qalblar haraoratini o'zida mujassamlashtirganligi bilan diqqatga sazovor. Biz "Mushoira" klubi a'zolari bo'lgan yosh iste'dodli talabalarimizga ijodiy parvoz tilaymiz!
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







