Tinmas hech ham orzu qilishdan,Qo'rqar bilmay ko'ngil tilishdan,Ezgulikni kutar har ishdan,Mening qalbim - mening hislarim.Izhorini qilmas goh oshkor,Gohi shirin arazi ham bor,Unga go'yo bu keng dunyo tor,Mening qalbim - mening hislarim.Faqat baxtni ko'radi asli,Hech tugamas tilaklar fasli,Gapiradi muloyim sasli,Mening qalbim - mening hislarim. Doim ochiq duoga o'zi,Xush yoqadi hammaga so'zi,Charaqlaydi mehrdan ko'zi,Mening qalbim - mening hislarim.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







