Mazkur ishda o'simliklardan ajratib olingan tabiiy kimyoviy birikmalarning, xususan flavonoidlar sinfiga mansub moddalarning molekulyar tuzilishini aniqlash masalasi yoritilgan. Tadqiqotda 1H va 13C yadroviy magnit rezonans (YaMR) spektroskopiyasining bir o'lchamli hamda ikki o'lchamli (HSQC, HMBC, DEPT) usullari qo'llanilib, ajratilgan moddaning tarkibi, proton va uglerod atomlarining joylashuvi, ularning spin-spin o'zaro ta'siri tahlil qilingan. Olingan natijalar ma'lum adabiyotlardagi ma'lumotlar bilan taqqoslanib, moddaning kaempferol 3,7-O-ß-D-diglukopiranozid ekanligi aniqlangan. Ishning ilmiy yangiligi - tabiiy manbadan olingan flavonoidning tuzilishini YaMR spektroskopiyasi asosida ishonchli aniqlashdan iborat. Tadqiqot natijalari flavonoidlarning fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligini o'rganishda, shuningdek yangi biofaol moddalarning sintezi va tibbiyotda qo'llanilishini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







