Ushbu monografiyada "Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari" yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, tikuvchilik ishlab chiqarishda tikuv mashinasining materialni surish mexanizmini boqiy va barqaror ishlashini ta'minlash, materialni surish mexanizmini ratsional parametrlarini aniqlash, zvenolardagi dinamik zo'riqishlarni topish, ishlash muddatini oshirishda muvozanatlashtirilgan ko'p zvenoli richakli mexanizmni qo'llash, tepki bosim kuchini doimiyligini va tishli reyka zarbalaridan hosil bo'ladigan yuqori chastotali to'lqinlarni so'ndirish, dinamik puxtalikni oshirish va ularni texnologik sxemalari hamda qurilmalari keng yoritilgan. Nazariy va eksperimental tekshirishlar yo'li bilan yangi takomillashgan gazlamani surish mexanizmini ishlash muddati 14 % ga, tikuv mashinasi unumdorligi 1450 bahya/min. ga oshirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, tadqiqot ishi davrida olib borilgan tahliliy izlanishlar hamda nazariy va eksrerimental tadqiqotlar asosida olingan natijalar ushbu monografiyaning asosiy mazmun va mohiyatini kasb etadi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







