Monografiya yengil sanoat gazlamalarini tikish texnika va texnologiyasini tahlili asosida to`g`ri sifatli baxyaqatorlarni olishni ta`minlaydigan moki g`altagi tarkibli qayishqoq elementli konstruktiv elementli sxemalarini ishlab chiqishga, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijasida parametrlari qiymatlarini hisoblashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bag`ishlangan. Tikuv mashinasi moki g`altagi barmoqchali amortizatorli sxemasida ip bilan ishqalanish qonuniyatini, g`altakdagi ip o`ramlar sonini uning burchak tezligiga ta`siri, ip tarangligini hisoblashning nazariy asoslari keltirilgan, paramtrlari hisoblab berilgan. Tajribalarda g`altagdagi ip zichligi uning tarangligiga ta`siri, ip sarfi, bosh valni aylanishlar chastotasi, gazlamalarni qalinligiga bog`liq ravishda o`zgarish qonuniyatlari aniqlangan, parametrlarning tavsiya qiymatlari keltirilgan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







