Mazkur monografiyada turkiy xalqlarning harbiy san'ati qadimgi davrlardan XV asrgacha bo'lgan tarixiy jarayonda keng qamrovli tahlil qilingan. Asarda qadimgi sak va massagetlar, hunlar hamda ilk turkiy davlatlarning harbiy an'analari, jangovar uslublari va qo'shin tuzilmalari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. O'rta asrlarda Turk xoqonligi, Qoraxoniylar, Gaznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davridagi harbiy tizim hamda ularning strategik yondashuvlari alohida ko'rib chiqiladi. Sohibqiron Amir Temur qo'shinining tashkiloti, jangovar taktikasi, qurol-yarog'lari va mudofaa inshootlari esa turkiy xalqlar harbiy san'ati taraqqiyotining yuksak bosqichini namoyon etadi. Kitob nafaqat harbiy yurishlar tarixi, balki turkiy xalqlarning siyosiy tafakkuri, ma'naviy qadriyatlari va milliy o'zligining shakllanishi jarayonida harbiy san'atning tutgan o'rni haqida ham muhim ilmiy ma'lumotlar beradi. Ushbu tadqiqot tarixchi va harbiy san'at bo'yicha tarixchi olimlar, talabalar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







