Tarix sahifalarida o'z o'rnini topgan har qanday harakat - bu davr ruhi, xalq istagi va kelajakka intilishining natijasidir. Jadidchilik harakati ham shunday harakatlardan biridir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan bu uyg'onish harakati, ayniqsa ta'lim sohasida tub burilishlar yasadi. Bizning bugungi ta'lim tizimimiz, metodika va o'qitishdagi ko'plab tamoyillar aynan jadidlarning ilgari surgan g'oyalaridan ildiz oladi. Ushbu antologiya orqali biz - o'sha fidoyi jadidlarning g'oyalarini chuqur anglab, ularning ilmma'rifat yo'lida qilgan xizmatlarini yodga olish, qadrlash va ularni keng ommaga yetkazishni maqsad qilganmiz. To'plamdagi har bir maqola - bu ilmiy izlanish, tarixiy tahlil va zamonaviy qarashlarning uyg'unlashuvidir. Maqolalarda yangi usul maktablarining tashkil etilishi, ta'limdagi islohotlar, pedagogik metodlar, adabiyot va til o'qitishning asoslari kabi dolzarb mavzular yoritilgan. Antologiya yosh tadqiqotchilar, talabalar, o'qituvchilar hamda tarix va ta'lim sohasiga qiziqqan keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







