Mazkur monografiyada bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish muammosining nazariy-metodologik asoslari, odob axloq, o'qituvchining o'z oldiga qo'ygan maqsadi, o'z burchi uning tarkibiy komponentlari, tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari to'g'risidagi ilmiy-nazariy yondashuvlar o'z aksini topgan. Shuningdek, bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va pedagogik shart-sharoitlari hamda olib borilgan tadqiqot ishi natijalarining mazmuni yoritilgan. Bundan tashqari monografiyada bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, integrativ yondashuv asosida bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish mazmuni ham keng yoritib berilgan. Ushbu monografiyadan umumiy bo'lajak xorijiy til o'qituvchilari, talabalar, professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda keng jamoatchilik ham foydalanishlari mumkin.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







