Mazkur 'Bo'lajak chet til o'qituvchilarining yozuv kompetensiyasini takomillashtirish texnologiyasi' nomli o'quv qo'llanma Oliy Ta'lim Muassasalari bakalavriat bosqichining bririnchi kurs talabalari, prezident maktablari, umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining ona tili va chet tilda yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishni maqsad qiladi. Qo'llanmada turli mashqlar vositasida ona tilining (o'zbek) o'ziga hos alohida hususiyatlaridan samarali foydalanish ko'rsatib berilgan.Mazkur o'quv qo'llanma umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, chet tillarda yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda ona tili fanining asosiy poydevor sifatidagi rolini ko'rsatib beradi. Xususan, ona tili fanini o'qitishda innovasion yondashuv metodlaridan foydalanish prinsiplari, dolzarb masalalar yechimining maqsad va vazifalarini hamda ta'lim muassasalarida mazkur fanni o'qitishning asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno







